Все науки. №8, 2022. Международный научный журнал - страница 14
– o’quvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy nehmatlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilim-larini hamda mahlum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egalashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakko’rlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, ta’lim samaradorligini oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.
Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol va ijodkor shaxslarni shakllantirishdan iborat/1/.
Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil yil 6-noyabrdida imzolangan «O’zbekistonning yangi tarqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108 Farmonda ham «Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g’oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo’lgan, intellektuaal va mahnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo’lishlari uchun zarur ko’nikma va bilimlar bo’lishini shakllantirish» mazkur sohadagi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan. SHuningdek, Prezident Farmoni va Qarorlarida shuningdek, asarlarida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o’qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o’quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalarini o’rganish va ijrosini ta’minlashning kun tartibidagi asosiy masalasi sifatida qaralmoqda /2—7/.
Bu masala boshqa fanlar qatori texnologiya fanini o’qitishda ham asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa o’qitish jarayonida ta’lim metodlaridan unumli va oqilona foydalanish hamda bu metodlarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va o’qitish jarayoniga tadbiq etish orqali texnologiya fani mashg’ulotlarining samaradorligini oshirish talab qilinadi. SHu sababli bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy dolzarb masala – ta’lim metodlari va shakllarini yaxshi egallagan, ularni amalda ahborot kommuniktsiya vositalaridan qiynalmay fodlana oladigan oladigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat bo’lib qolmoqda. CHunki, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni kasblarga yo’naltirishda o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Binobarin, o’qituvchi olib boradigan ochiq muloqot tarzidagi mashg’ulot jarayonini boshqa hech narsa bosa olmaydi. SHu sababli ham malakali yetuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash uchun, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish muhim omil hisoblanadi.
Jahonda ta’lim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda «ta’limning hamma bosqichlarida, ta’lim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda»/ 8/.