LaTeX ga kirish. Darslik - страница 2
Rasm 1.4. TeXMaker dasturini ekran interfeysi.
SumatraPDF dasturini o’rnatilganini tekshirish uchun ishga tushirish quyidagicha:
Rasm 1.5. SumatraPDF dasturini yuklash.
Ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:
Rasm 1.6. SumatraPDF dasturini yuklanganligini ko’rsatuvchi oyna.
Nazorat savollari
1. LaTeX funksiyasini aytib bering
2. Matnni qayta ishlash tizimining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
3. O‘rnatish uchun qanday tayyorgarlik ko‘riladi?
4. O‘rnatish ketma-ketliklarini ta’riflang
5. Miktex versiyalarini qanday tanlanadi?
Topshiriqlar
1. MikTeX dasturini versiyalarini internet tarmogidan yuklab oling va ularni taxlil qiling.
2. Siz foydalanayotgan kompyuter texnik xarakteristikasidan kelib chiqib mos MikTeX versiyasini o’rnating.
3. MikTeX dasturini ishga tushirib to’g’ri o’rnaganligini tekshirib ko’ring.
4. SumatraPDF dasturini internet tarmog’idan yuklab olib kompyuterga o’rnating.
2. Hujjat strukturasi
LaTeX tizimida hujjat strukturasini amaliy misollar asosida tushintirish uchun kompyuterni tizimda ishlashini ta’minlab olish zarur. Buning uchun tizimda keng qo’llanilayotgan TeXMaker amaliy dasturini sozlash va undan foydalanish metodikasini bilib olishni ko’rsatib o’tamiz.
2.1. TeXMaker ni sozlash
Yuqorida takidlab o‘tdikki, LaTeX bu tizim, tizim o‘z faoliyatini uchta sanab o‘tilgan dasturlar asosida olib boradi. Tizim ishlashi uchun dasturlar birligini tashkil etish kerak. Buning uchun hozirda keng qo’llanilayotgan TeXMakerni sozlash yetarli.
TeXMakerni ishga tushishi bilan ekranda uni quyidagi interfeys xosil bo‘ladi:
Rasm 2.1. TeXMaker asosiy oynasi.
Rasm2.1.da: 1- matn va buyruqlarni kiritish maydoni, 2- kompanovka davrida buyruqlarni mashina tiliga o‘tkazish jarayonini ko‘rsatish maydoni, 3- tayyorlangan matni ko‘rish maydoni, 4- matni qayta ishlash dasturini strukturasini ko‘rsatib turish maydoni, 5- interfeysni instrumentlarini o‘z ichiga olgan bo‘limlarni ko‘rsatuvchi qatori, 6- interfeys instrumentlarini ishga tushirish qatori.
TeXMakerni sozlash uchun interfeysni «5» qatoridan «настройка» bo‘limini sichqoncha yordamida ochamiz, ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:
Rasm 2.2. TeXMaker ni sozlash buyrug’i tarkibi.
Bu erdan «Настройка TeXMaker» buyrug‘ini ishga tushirib, u yerdagi 4 ta bo‘limlarni keltirib o‘tilgan tartibda sozlanadi. Har bir bo’limlarda ko’p sondagi punktlar bo’lib, ularni tizim o’rnatilgan kompyuter uchun individual sozlanishi kerak:
а) TeXMaker ni buyruqlar bo’limi
Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrug’i tarkibi oynalari.
б) TeXMaker ni tez belgilash bo’limi
Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrug’i tarkibi oynalari.
в) TeXMaker ni tahrir bo’limi
Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrug’i tarkibi oynalari.
г) TeXMaker ni tahrir bo’limi Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrug’i tarkibi oynalari.
Sozlash vaqtida dasturlarga yo‘l ko‘rsatishda, kompyuterga sanab o‘tilgan uchta buyruq joylashish yo‘li va tanlangan shriftlar ko‘rsatilishi kerak. Keltirilgan Rasm 2.3 dagi sozlashlar misol sifatida olingan.
Nazorat savollari
1. LaTeX ni sozlashdan maqsad nima?
2.Tizimni sozlash ketma-ketligini aytib bering.
3. TeXMaker interfeysini har bir bo’limini tushintiring.
4. «pdf» formatni ko’rish uchun qaysi amaliy dasturni o’rnatish tavsiya etiladi?
Topshiriqlar
1. TeXMaker dasturini ishga tushirib asosiy ekrandagi har bir buyruqlarni ishga tushirib, ularni taxlil qiling.
2. TeXMaker dasturini «настройка» bo’limdagi «команды» bo’linmasiga kirib xar bir buyruq bilan tanishing va taxlil eting.