LaTeX ga kirish. Darslik - страница 21
\hoffset=-5mm
\voffset=4.2mm
keyin butun sahifani butunlay (barcha sarlavhalar va kolontitullar bilan, sahifa raqamlari bilan va hokazo) bosib chiqarishda 5 chapga, 4.2 pastga siljiydi.
Rasm 5. Sahifa strukturasi.
Nazorat savollari
1. \hoffset buyrug’i vazifasi nima?
2. \voffset buyrug’i vazifasi nima?
3. Keltirilgan buyruqlar umumiy ko’rinishini ko’rsating.
4. Hujjatni shakillanishida zarur bo’lgan buyruqlarni sanang.
Topshiriqlar
1. Ixtiyoriy bir betlik matnni kiritib \hoffset, \voffset buyruqlari asosida chapga va pastkga surishni turli qiymatlarga o’zgartirib, chop etishga hujjat tashkil eting. Xar bir o’zgarishni sinab ko’ring.
5.6. Hujjatlarni tartiblash
LATEX bilan ishlashda sarlavhalar va bo‘limlarni raqamlash maqsadga muvofiqdir. Hujjatni raqamlash, qo‘lda emas, balki maxsus buyruqlar yordamida. Dastlab, misol sifatida \section buyrug‘idan foydalanib, ulardan qanday natija olishni ko‘rib chiqamiz.
5.6.1. \section buyrug’i
Siz hujjatning sarlavhali qismini boshlashingiz kerak deylik « Кое-что о слонах». Buning uchun buyruq quyidagicha yozilishi mumkin:
\section {Fillar to’g’irisida…}
\section buyrug‘i bitta majburiy argumenti bor – bo‘lim nomi (xuddi shu kolontitullar, agar siz «yaratish» buyrug‘ini bersangiz). Bo‘limlar orasidagi bo‘shliqlar, ularning raqamlanishi, bir xil sarlavhalar va kolontitullar – bularning barchasi avtomatik ravishda amalga oshiriladi. \section buyrug’i majburiy argumentdan tashqari, majburiy bo‘lmagan argumenti ham bor.
Majburiy bo‘lmagan argument majburiy argumentdan oldin keladi, u to‘ldiruvchi bo‘lib, sarlavxani qisqartirilgan ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.
Misol:
\section [Fill mavzusi] {Fillar to’g’irisida…}
Sarlavhaning qisqartirilgan versiyasiga ehtiyoj qachon paydo bo‘ladi,
qachonki sarlavha uzunligi kolontitulga mos kelmaydi. U ko‘rinib turadi. Quyidagi yozuv (xabar) ko‘rsatib turadi:
Overfull \hbox has occurred while \output was active.
Bo‘limni \label buyrug’i bilan belgilash mumkin. Undan keyin \ref buyrug’i bo‘lim nomerini beradi. Misol:
\documentclass [12pt] {article}
\usepackage [T2A] {fontenc}
\usepackage [russian] {babel}
\begin {document}
\section {Нималар филлар тўғрисида}
\label {elephants}
Бизни китобни ушбу бўлимида
Асосан филлар тўғрисида сўз боради.
Филлар (бўлим аниқловчисига
қаранг.~\ref {elephants}) ~ – —
улкан ва кучли хайвон.
\end {document}
Hujjat kompanovka qilingandan keyin ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:
5.6.2. Hujjatni taxrirlash
Endi standart LATEX sinflari tomonidan taqdim etilgan hujjat bo‘limlarini belgilash bo‘yicha barcha buyruqlarni sanab o‘tamiz. Ularning aksariyati aynan \section buyrug‘i kabi ishlaydi. Bo‘limlarni taxrirlash uchun quyidagi buyruqlar mavjud:
\part (\ qism), \chapter (\ bo’lim), \section (\ qism), \subsection (\ kichik bo’lim), \subsubsection (\ kichik qism), \paragraph (\ paragraf), \subparagraph (\ kichik paragraf)